Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

Tuman hokimi

49

2025-02-21

https://api3.fergana.uz/files/face/users/file-2065417511339015.png

Xamidullo Inomov Tadjiyevich

Tug'ilgan yili:1982-07-17
Tug'ilgan joyi:Farg'ona viloyati, Buvayda tumani
2022-10-17 dan: Farg‘ona tumani hokimi
Telefon:
Elektron pochta:info@fargonatumani.uz
Millati:o'zbek
Partiyaviyligi:yo'q
Ma'lumoti:oliy
Tamomlagan:2004 y. Farg‘ona davlat universiteti (kunduzgi). 2020 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi:huquqshunos, davlat boshqaruvi
Davlat mukofoti bilan taqdirlanganmi:yo'q
Mehnat faoliyati
2000-2004 yy. - Farg‘ona davlat universiteti talabasi
2003-2004 yy. - Toshkent davlat Tibbiyot instituti Farg‘ona filiali talabalar yotoqxonasi pasportisti
2005-2006 yy. - Sud ijrochilari Departamenti Farg‘ona viloyat Qo‘qon shahar bo‘limi sud ijrochisi
2006-2007 yy. - Buvayda tuman Ichimlik suvi korxonasi huquqshunosi
2007-2012 yy. - “Universalbank” xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki bosh boshqarmasi yuridik xizmat departamenti bosh huquqshunosi
2013-2016 yy. - “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Farg‘ona viloyat filiali yuridik xizmat bo‘limi boshlig‘i, shoʻbasi bosh huquq maslahatchisi
2016-2017 yy. - “Asko Vostok” sug‘urta kompaniyasining Farg‘ona viloyat filiali menedjeri
2017-2020 yy. - Farg‘ona viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i
2018-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi
2020 -2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma’muriyatchiligi departamenti Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi inspektori
2021-2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma’muriyatchiligi departamenti Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori
2022-h.v. - Farg‘ona tumani hokimi
Vazifalari
hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash; tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institusional o‘zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish; tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investisiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish; hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish; qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish; aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, tumanning innovasion salohiyatini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovasion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish; qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish; rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish; normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.
Avvalgi faoliyat yuritgan rahbarlar