Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

4392025-04-05 12:30

Qo‘shtepa tumanida “Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostidagi sport musobaqalari tashkil etildi

Qo‘shtepa tumanidagi BO‘SMda xotin-qizlarning barcha qatlamlari orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini oshirish maqsadida “Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Hududdagi mahalla aholisi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari o‘rtasida tashkil etilgan tadbirni tuman hokim o‘rinbosari M.Yuldasheva ochib, mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish orqali ayniqsa, qishloq joylarda xotin-qizlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular orasidan iqtidorli, tug‘ma iste’dodi bor qizlarni saralash, shuningdek jinoyatchilikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ushbu musobaqani tashkil etilganligini ta’kidladi. Tadbir doirasida xotin-qizlar ishtirokida badan tarbiya mashqlari, piyoda yurish marafoni, yugurish, shaxmat-shashka, tennis, voleybol musobaqalari o‘tkazildi. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz