Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1222025-04-16 21:34

Quvasoydagi issiqxonada Niderlandiya pomidor navi parvarishlanmoqda

#OAV #Biz_haqimizda Quvasoydagi issiqxonada Niderlandiya pomidor navi parvarishlanmoqda Quvasoy shahrining “Pakana” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi erkin iqtisodiy zonada tashkil etilgan 2 gektarli issiqxonada Janubiy Koreya tajribasi asosida gidroponika usulida pomidor yetishtirilmoqda. Zamonaviy mezonlar bo‘yicha barpo etilgan issiqxonada energiya tejamkor jihozlar, isitish va sovitish tizimi o‘rnatilib, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan. Natijada yiliga ikki-uch marotaba hosil olinib, eksportga yo‘naltiriladi. — “Hamza eksport art tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi ushbu issiqxonada 14 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan, — deydi ish boshqaruvchi Bahromjon Akramov. — Shuningdek, kuniga 10 nafar mahalliy yoshlar mavsumiy ishlarga jalb etiladi. Faoliyat ko‘lamini kengaytirish maqsadida viloyatdagi ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazlar olimlari bilan hamkorlikda ishlaymiz. Ayni kunlarda Niderlandiyadan keltirilgan serhosil, uzoq muddat sifatli hosil olish imkonini beruvchi pomidor pishdi va peshma-pesh yig‘ib olinayotgan hosil xorij bozorlariga jo‘natilyapti. Bahorgi mavsumda issiqxonadan 70 tonnadan ziyod hosil olish va qo‘shni respublikalar, Rossiyaga eksport qilish rejalashtirilgan. ®️O‘zbekiston Xalq so‘zi nashriyoti, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati hamkorligida tayyorlangan reportaj (https://xs.uz/uzkr/post/quvasojdagi-issiqkhonada-niderlandiya-pomidor-navi-parvarishlanmoqda) Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz