Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

762025-04-17 17:06

Quvasoy shahrida Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi va hamkor tashkilotlar tomonidan targ‘ibot avtokarvoni tashkil etildi

Targ‘ibot avtokarvoni Quvasoy shahrining markaziy ko‘chalari va avtomobillar turargohlari bo‘ylab harakatlandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari esa, fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslikning yakuni qanday nihoyalanishini, yo‘l transport hodisasiga uchragan avtomobillar misolida ko‘rsatib berdilar. Yo‘l transport hodisasi natijasida pachoqlangan avtomobillarni ko‘rgan fuqarolar esa, o‘zlariga kerakli xulosa chiqardilar. Bu kabi targ‘ibot tadbiri shahardagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham davom ettirildi. Unda, o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlari, yo‘lning belgilanmagan qatnov qismida harakatlanmasliklari yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berib o‘tildi. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz