Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

262025-04-28 15:14

Qo‘shtepa tumanida “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostidagi “Sog‘lomlashtirish oyligi” bo‘lib o‘tmoqda

Qo‘shtepa tumanida “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostida “Sog‘lomlashtirish oyligi”ga start berildi. Aksiyaning mohiyati shundaki, ehtiyojmand bemorlarga tezkor va manzilli yordam ko‘rsatiladi. Hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘allik reyestriga kiritilgan aholi orasida kasalliklar erta aniqlanadi. Bemorlar yashash hududining o‘zida bepul sog‘lomlashtiriladi. Tumanmizda kambag‘al oilalar soni 4479 ta, ularni oila a’zolari soni 19498 tani tashkil etadi. Bir kunda o‘rtacha 798 ta fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtrilgan. Bu tadbirlar tumandagi 18 ta birlamchi tibbiy sanitariya yordam ko‘rsatish muassasalari va ulardagi 104 ta tibbiy birgadalar xodimlari tomonidan amalga oshriladi. Salomatlik oyligining birinchi kunida kambag‘al oilalar restriga kiritilganlarning 794 ta oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ulardan 186 nafari kasal deb topildi. Aniqlangan kasallarni 171 nafari ambulator sharoitda, 4 nafari shifoxonaga yotqizib davolash, 8 nafarida jarrohlik amaliyoti bilan davolanishga, ulardan 5 nafarida esa yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazish rejalashtrildi. Salomatlik oyligida fuqarolarmizni faol qatnashishga chaqiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz