“Jaholatga – qarshi ma’rifat” tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tuman tibbiyot birlashmasida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili S.Nuriddinov, tuman bosh imom xatibi hamda hamkor tashkilotlar bilan birga “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida so‘z olganlar tomonidan islom dinining insonparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalaridan foydalanib, turli oqimlarga qarshi fuqarolarda, ayniqsa yoshlarda immunitetni shakllantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga “Tinchlik qadri” deb nomlangan hujjatli film namoyish etildi.