Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2182025-06-05 19:33

Mehnat yarmarkasida ayollar bandligini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratildi

Bugun O‘zbekiston tumanida navbatdagi mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasi xotin-qizlar hamda yoshlar bandligini ta’minlash, fuqarolar uchun doimiy daromad manbalarini yaratish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi. Tuman hokimligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman prokuraturasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan yarmarkaga asosan migratsiyadan qaytgan, probatsiya hisobidagi yurtdoshlarimiz va ishsiz xotin-qizlar jalb etilib, ularga tumandagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Yarmarka davomida 11 nafar xotin-qizlar va yoshlarga tadbirkorlik sub’yektlari hamda boshqa tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari, 10 nafar fuqaro kasbga qayta o‘qitishga yo‘naltirildi, 42 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligiga oid huquqiy maslahat berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz