Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

562025-06-24 17:19

Farg‘ona tumanida “Dolzarb 90 kun” doirasida kurash musobaqasi tashkil etildi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Farg‘ona tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi sport tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida 14-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida kurash musobaqasi tashkil etildi. Unda tumanning faol va iqtidorli yoshlar jamoalari ishtirok etdi. Bahslar murosasiz va qizg‘in ruhda kechdi, yoshlar sportga bo‘lgan qiziqishlarini, jamoaviylik va g‘alabaga intilish kabi fazilatlarini namoyon etdilar. Musobaqa sport bilan birga tarbiyaviy maqsadlarga ham xizmat qildi. Unda ishtirokchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish, yurtga sadoqat va intizomlilik kabi muhim qadriyatlarni singdirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirok etgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz