Ayni paytda “O'zsuvta'minot” AJ boshqaruv raisi Axmad Suvankulov So'x tumanida xizmat safarida bo'lib turibdi. Tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tuman mahallalarida aholi va fuqarolar bilan suhbatda tizimdagi muammolar haqida gapirildi va fuqarolar tomonidan tizim rahbariga muammolar yuzasidan murojaatlar qilindi. Ichimlik suvi ta'minotiga oid boshlangan ishlar samarali oxiriga yetkazilsa, qolgan muammolarni hal etish choralari ko'riladi. Buning uchun mablag' va imkoniyat borligi “O'zsuvta'minot” AJ boshqaruv raisi tomonidan qayd etildi.
Axmad Suvankulov: - «Tez fursatlarda so'xliklar ichimlik suvi muammosidan batamom xalos bo'ladi!» — deb ta'kidladi.
Tashrif jarayonida “O'zsuvta'minot” AJ So'x tumani filialiga avariya xizmati yuk tashish avtomashinasi va ishchi-xodimlar uchun yangi xizmat yengil avtomashinasi taqdim etildi. Bu so'z amaliy ishda ham o'z isbotini topdi — tuman suv ta'minoti filialiga tantanali tarzda yangi maxsus texnikalarning kalitlari topshirildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati