Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

462025-07-02 09:58

Farg‘ona tumanida xatna to‘yiga bag‘ishlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Inson ijtimoiy xizmatlar markazi Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan 5 nafar bolajonning xatna to‘yi marosimi tuman markazidagi "Visol" to‘yxonasida nishonlandi. Inson ijtimoiy xizmatlar markazi Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani hokimligi, homiylar va tadbirkorlar bilan hamkorlikda tumanda yashovchi ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya asosida xatna to‘yi tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida 5 nafar bolajonning xatna to‘yi marosimi tuman markazidagi "Visol" to‘yxonasida nishonlandi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida bayramona dasturxon yozilib, bolajonlar uchun qiziqarli konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir yakunida barcha bolalarga esdalik sovg‘alari, jumladan, zamonaviy velosipedlar topshirildi. Ushbu xayriya tadbiri farzandlar qalbida quvonch, jamiyatda esa mehr-oqibat, hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz