Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1402025-07-07 13:33

Toshloq tumanida joylashgan 13-15 umumiy o‘rta ta’lim maktabilarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Dolzarb 90 kun"

Dasturi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish, yoshlarda vatanparvarlik, go‘zal yurtimizga mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida "Go‘zal yurtda, go‘zal yoshligim" nomli keng ko‘lamli tadbir tashkil etildi. Tadbirda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida maktabda tashkil etilgan to‘garaklar, ularning yo‘nalishlari, bolalarning ijodiy faoliyati va erishilayotgan natijalari haqida mehmonlarga batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. To‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar va sahnaviy ko‘rinishlar, musiqiy va badiiy namoyishlar barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida “Turvat” mahalla fuqarolari va saxovatpesha faollar tomonidan maktab o‘quvchilariga va tadbirga tashrif buyurgan kichik bolajonlarga muzqaymoqlar tarqatildi. Bu mehr va e’tibor bolalar qalbida katta xursandchilik uyg‘otdi. Shuningdek, maktabimizda yaqinda faoliyat boshlagan "Dofar" o‘quv markazi tomonidan to‘garaklarda faol ishtirok etayotgan iqtidorli va tashabbuskor o‘quvchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Bu esa yoshlarimizning bilim va iste’dodga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida mehmonlar, ota-onalar va ta’lim muassasasi rahbariyati bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, o‘quvchilarga kelgusida ham muvaffaqiyatlar tiladilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz