Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

502025-07-09 19:25

Farg‘ona tumanida yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyati YHXB, Farg‘ona tumani IIB hamda tuman YHXB rahbar va mas‘ullari tomonidan Farg‘ona tuman IIB binosida navbatdagi muhokama yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilishda Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi mas‘ul xodimlari, maktab direktorlari faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, xavfsiz harakatlanish tartiblari, bolalar va fuqarolar ishtirokida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan keng tushunchalar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda mahallalarda, maktab va maktabgacha ta‘lim muassasalarida yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qilish, aholini, ayniqsa o‘quvchilarning ota-onalarini keng qamrab olish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligi alohida ta‘kidlandi. Ishtirokchilar ushbu masalada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar o‘rtasida xavfsiz harakatlanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz