Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

822025-02-18 16:51

Milliy an‘ana va qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasarrufidagi 48-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida sinflar kesimida o‘tkazilgan ma‘naviyat soati doirasida milliy qadriyatlarimiz va an‘analarimizni yoshlar ongiga singdirish maqsadida milliy liboslar namoyishi tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar va o‘qituvchilar milliy kiyinish madaniyatining ahamiyati, uning tarixi hamda zamonaviy hayotimizdagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Milliy liboslar orqali xalqimizning boy madaniyati, urf-odatlari va an‘anaviy did-farosati namoyon etildi. Ushbu tadbir yosh avlodga milliy o‘ziga xoslik va qadriyatlarni chuqur anglatish, o‘z merosiga hurmat bilan yondashish hamda an‘anaviy kiyinish madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz