Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

832025-02-18 16:56

Milliy an‘ana va qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasarrufidagi 4-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Milliy libos — milliy qadriyat" mavzusida milliylik targ‘iboti (chellenji) o‘tkazildi. Ushbu tadbir milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni ulug‘lash, yosh avlodga o‘zbekona kiyinish madaniyatini singdirish hamda milliy madaniyatimizni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Chellenjda maktab rahbariyati, pedagoglar va o‘quvchilar milliy liboslarda ishtirok etib, milliy merosga bo‘lgan hurmat va sadoqatini namoyon etdilar. Tadbir doirasida "sinf soati" darslarida milliy qadriyatlarni madh etuvchi ochiq darslar o‘tkazilib, o‘quvchilarga milliy madaniyat va urf-odatlarimizning ahamiyati tushuntirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz