Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

52025-03-14 18:20

“Ta‘lim va tarbiyaga asosiy omil — muallim” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Farg‘ona tumanidagi 63-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Farg‘ona tajribasi” asosida “Ta‘lim va tarbiyaga asosiy omil — muallim” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda yaponiyalik ta‘lim mutaxassisi Goto Mikako, tajriba-sinov joriy etilgan viloyatdagi shahar va tumanlardan tanlab olingan 19 ta umumta‘lim maktablarining direktorlari va 2 nafardan boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad ta‘lim va tarbiyani uyg‘un holda olib borgan holda boshlang‘ich sinflarda ochiq dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish, bolalarni hayotga tayyorlash, tozalikka rioya qilishni va sog‘lom turmush tarzini bolalikdan o‘rgatish, o‘quvchilarni yoshlikdan kasbiy ta‘limga yo‘naltirishdan iboratdir. Tadbir doirasida ishtirokchilar mazkur maktab boshlang‘ich sinflarida 7 ta ochiq darslar mashg‘ulotlarini va musiqa, robotatexnika, rassomchilik hamda “Qo‘g‘irchoqlar mamlakati” to‘garaklar mashg‘ulotlari jarayonlarida qatnashdilar. Tadbirlar davomida muallimlar o‘zaro fikr almashdilar. Shuningdek, ushbu maktabda “Farg‘ona tajribasi” asosida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz