Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

152025-03-14 15:17

Tinchlik MFYdagi o‘yingoh Navro‘z bayramiga tayyorlanmoqda

Farg‘ona tumani Obodonlashtirish Boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan o‘yingohni Navro‘z bayramiga tayyorlash maqsadida tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbir doirasida stadion maydoni hududi chiqindilardan tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, gul ko‘chatlari ekilib, hudud ko‘kalamzorlashtirilmoqda. Mazkur obodonlashtirish ishlari Navro‘z bayramini munosib kutib olish va aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan. Yashil hududlarning kengaytirilishi va stadion maydonining tartibga keltirilishi mahalla aholisiga bayramni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash imkoniyatini yaratadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz