Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

172025-03-17 12:01

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha muhim uchrashuv o‘tkazildi

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini aniqlash va ularni bartaraf etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, Farg‘ona tumani prokurori Baxtiyorjon Boboqulov va Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jahongor Xasanov tumandagi kriminogen vaziyati og‘ir hududlardan «Shifokor», «Farg‘ona», «Oq oltin» va «Xonqiz» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla ettiligi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mahalla ettiligining faoliyati, Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-son qarori bilan belgilangan vazifalarning ijrosi o‘rganildi. Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi bandligini ta‘minlash va yoshlar bilan ishlashdagi kamchiliklar muhokama qilindi. Tadbir davomida faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz