Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

272025-03-18 09:19

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi delegasiya Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Janubiy Koreyaning Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi delegasiya Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. Farg‘ona xalqaro aeroportida koreyalik mehmonlarni viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov va boshqa rasmiylar tantanali kutib oldilar. Kun tartibiga ko‘ra, kutib olish marosimidan so‘ng viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yuqori martabali mehmonlarni qabul qiladi va o‘zaro hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Farg‘ona politexnika institutida Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Faxriy professor” unvoni topshirilishi va talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilishi rejalashtirilgan. Kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi – Ekoshahar hamda Quvasoy shahridagi “Bunyodkor” yoshlar taraqqiyot sanoat zonasi faoliyati mehmonlarga tanishtiriladi. Yakunda eng muhim tadbir Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)da Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz