Farg‘ona tumanida Probasiya nazoratidagi shaxslar uchun sayyor sud yig‘ilishi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Ichki ishlar bo‘limi, sud va prokuratura hamkorligida sayyor sud yig‘ilishi tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probasiya guruhi nazoratida turgan shaxslarning huquqiy holati ko‘rib chiqildi.
Sayyor sud jarayonida Probasiya guruhi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudiga taqdim etilgan 12 nafar shaxsga nisbatan taqdimnomalar muhokama qilindi. Ko‘rib chiqish natijasida:
– 3 nafar shaxs o‘ziga belgilangan jazo muddatini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurganligi uchun jazosi qamoq jazosiga almashtirildi.
– 9 nafar shaxs esa o‘zining namunali xulqi, mehnatga halol munosabati hamda ijobiy tavsiyanomalari asosida muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilindi.
Mazkur sayyor sud yig‘ilishi jinoyat sodir etgan shaxslarning o‘z xatti-harakatlariga javobgarlik bilan yondashishini ta‘minlash, jamiyatda ijobiy xulq-atvorni shakllantirish va jinoyatchilikning oldini olishga qaratidi.