Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

422025-06-04 21:30

Farg‘ona tumanida sayyor sud o‘tkazildi: bir guruh shaxslar jazodan shartli ozod qilindi

Jinoyatchilikni kamaytirish, jazoni o‘tayotgan shaxslarning ijtimoiy hayotga qayta moslashuvi va ularning huquqiy ijtimoiy reabilitasiyasini ta‘minlash maqsadida Farg‘ona tumanida muhim profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tuman Ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudi va tuman prokuraturasi hamkorligida sayyor sud yig‘ilishi tashkil etildi. Sayyor sud qaroriga ko‘ra, ijobiy xulq-atvori bilan ajralib turgan 10 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi. Shuningdek, 2 nafar axloq-tuzatish ishlarida (ATI) jazoni o‘tayotgan mahkumlarning jazosi og‘irroq jazo turiga almashtirildi. Tadbir davomida Farg‘ona tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor Kamoliddin Sotiboldiev tomonidan probasiya nazoratida turgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ular bilan qayta jinoyat sodir etmaslik, qonunlarga qat‘iy amal qilish va sog‘lom turmush tarzini tanlash zarurligi bo‘yicha profilaktik suhbat olib borildi va rasmiy ogohlantirishlar berildi. Mazkur tadbir jamoatchilik orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, shuningdek jazoni o‘tagan shaxslarning jamiyatga moslashuvi va ijtimoiy faolligini ta‘minlashga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz