Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

912025-06-05 14:41

Farg‘ona tumanida “Polvonlar sulolasi” etnosport ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘idagi “Chinor tagi” istirohat bog‘ida xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosini aks ettiruvchi etnosport turlari bo‘yicha “Polvonlar sulolasi” nomli ko‘rik-tanlov katta tantana bilan o‘tkazildi. Mazkur tadbirda yuzga yaqin polvon ishtirok etib, o‘z kuch va mahoratlarini turli yo‘nalishlarda namoyish etdilar. Jumladan, “Yosh polvonlar” bellashuvlarida yosh avlod vakillari o‘z iqtidorlarini sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, dorbozlik san‘atida yurtimizning qadimiy an‘analarini eslatadigan mahoratli chiqishlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. “Katta polvonlar” kuch sinovlari esa tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, jamoaviy chiqishlar va “Simdor” yo‘nalishidagi ko‘rgazmalar ham yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlov davomida nafaqat sport, balki milliy ruh, hamjihatlik va ajdodlarimiz merosiga hurmat muhitida ishtirokchilar o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar. Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar Farg‘ona viloyati Sport boshqarmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz