Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

682025-06-06 07:12

Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomovning Qurbon hayiti munosabati bilan tabrigi

Hurmatli Farg‘ona tumani aholisi, aziz tumandoshlar! Siz, muhtaram tuman aholisi va aziz mehmonlarimizni yurtimizda keng nishonlanayotgan Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Qurbon hayiti – ezgulik, saxovat, mehr-oqibat, sabr-toqat kabi yuksak fazilatlarni o‘zida mujassam etgan, insoniyatni poklik va bag‘rikenglikka chorlaydigan ulug‘ ayyomdir. Bu bayram xalqimizning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy va diniy qadriyatlari bilan uyg‘unlashib, jamiyatda o‘zaro hurmat, do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlab kelmoqda. Bugun yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, Farg‘ona tumanining har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan tashabbus va loyihalar aynan mana shunday birligi mustahkam, maqsadi yuksak xalqimiz elkadoshligi bilan amalga oshirilmoqda. Aziz yurtdoshlar! Qurbon hayiti kunlari barchamizni sabr-toqat, mehr-shafqat, saxovat va birdamlikka undaydi. Keling, bu muqaddas ayyomda ehtiyojmand va muhtoj oilalarga e‘tibor ko‘rsatib, mehr-oqibatli, hamjihat jamiyat barpo etishda harakatlarimizni yanada faollashtiraylik. Yana bir bor siz, azizlarni Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, farovonlik va fayzu baraka tilayman! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Xamidullo Inomov Farg‘ona tumani hokimi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz