Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1592025-06-21 14:30

Oʻz akasini tunagan uka

**Doniyor Rahmatjonov** (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) — ikkinchi guruh nogironi. Oilali. U akasi bilan bir hovlida yashaydi. O‘sha kuni uni shayton yo‘ldan urdi. Tez boyib, hammani lol qoldirmoqchi bo‘ldi. Qarasa, akasining yashash xonasi eshigida kalit osig‘liq turibdi. Akasi azonda savdo-sotiq qilish uchun bozorga ketgan edi. Hovlida undan boshqa hech kim yo‘q edi. Fursatdan foydalangan Doniyor yomon niyatda akasining yashash xonasiga kirdi. Akasi yaxshi niyat bilan, peshona teri evaziga pul yig‘ayotgan edi. Doniyor akasining 2 500 AQSh dollari va 30 000 000 so‘m miqdoridagi pullarini osonlikcha qo‘lga kiritdi. Pulni olib, tuman markazidagi telefon jihozlari sotadigan do‘konga bordi. Do‘konchi yigitdan qo‘lidagi pullarni o‘zining ID raqamiga tushirib berishini so‘radi. Doniyor raqamidagi barcha mablag‘ni **1xBet** onlayn qimor o‘yiniga tikdi va barchasini bir zumda yutqazdi, qo‘ydi. Bozordan charchab qaytgan akasi ko‘zi bilan ko‘rib, uyda saqlayotgan pullari yo‘qligini anglab yetdi. U barcha oila a’zolaridan pulni olgan-olmaganini so‘radi, hattoki Doniyordan ham. Doniyor esa akasiga ko‘zini “lo‘q” qilib, hech qanday pul olmaganini aytdi. Shundan so‘ng akasi tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. Sudda **D. Rahmatjonov** akasining uyidagi pullarni olganini va **1xBet** o‘ynab, yutqazib qo‘yganini tan oldi. Doniyorning akasi sudda ukaning hozirda unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirib, suddan unga yengillik berilishini so‘radi. Lekin jinoyatga jazo muqarrar — akasini talagan uka **O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi** bilan aybdor deb topilib, undan **bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari – 7 500 000 so‘m** miqdorida jarima davlat daromadi hisobiga undirilishi belgilandi. 🖊 **A. Minojidinov**, JIB tuman sudi raisi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz