Endildikda So'x tumanida ham ziplayn va tayparklar quriladi!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 iyundagi “Tog'li va cho'l hududlarda turizm xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 383-sonli qarori asosida Respublikamizning tog'li va cho'l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan bo'lib, ushbu ro'yhata So'x tumani ham kiritilgan.
2025 yil 1 iyuldan boshlab, tadbirkorlar tog' yoki cho'l hududlarida ekstremal turizm ob'ektlarini tashkil etish uchun davlatdan 100 mln so'mgacha subsidiya olishlari mumkin!
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 iyundagi qaroriga asosan:
Kamida 200 metrli ziplayn qursangiz – 100 mln so'mgacha
150 m² va undan katta maydonli taypark uchun – 80 mln so'mgacha
Subsidiyalar faqat 38 ta tuman va shaharlardagi tog'li va cho'l hududlarda amalga oshiriladi.
Eslatma: Subsidiya ob'ekt ishga tushgach beriladi!
Imkoniyatdan foydalaning – turizmni rivojlantiring, daromadingizni oshiring!
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati