Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining So'x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi.
Tuman hokimi o'rinbosari Ilhom Abdumajidov tuman Xalq qabulxonasida muammosi va murojati bo'lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi.
Ochiq muloqot tarzida kechgan qabulda tuman Xalq qabulxonasi mutasaddilari va tumandagi tashkilot rahbarlari ishtirokida moddiy yordam, ishga joylashtirish, uy-joy qurishda yordam berish, kadastr hujjatlarini tayyorlashda yordam berish bilan bog'liq bo'lgan murojaatlar tinglandi va murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi.
Vaqt talab etiladigan murojaatlar bo'yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko'rilishi, har bir murojaat asoslicha o'rganilib chiqilib, qonuniy yo'l bilan yechimini xal etilishi nazoratga olindi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati