Taypoq hamda Katta boy bo‘cha MFYlarda sayyor qabul o‘tkazildi.
Dang‘ara tumnai hokimi, Respublikadan biriktirilgan vakil R.Kurganbayev hamda Dang‘ara tumani Xalq qabulxonasi mudiri B. Mamadjanovlar ishtirokida Taypoq hamda Katta boy bo‘cha MFYlarda sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul boshida «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha Dang‘ara tumanida og‘ir mahalla sifatida tanlab olingan Taypoq hamda Katta boy bo‘cha MFYlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabuld davomida fuqarolarning ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni asfaltlash va boshqa masalalarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, murojaatlarni hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.