Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

622025-03-13 08:41

Buvayda tuman hokimligi majlislar zalida mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari, sport trenerlari hamda MMIBDOʼ ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Yoshlar ishlari agentligi Buvayda tuman bo‘limi boshlig‘i I.Qayumov tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida erishilgan yutuqlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Shundan so‘ng, Buvayda tumani hokimi B. Ibragimov mahallalarda sportni yanada ommalashtirish va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025 yilgi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish davomida sohada kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan yoshlar yetakchilari faoliyati muhokama qilindi. Tadbir yakunida faol yoshlar yetakchilari Buvayda tumani hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz