Farg‘ona tumanida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PQ-68-sonli qaroriga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayrami oldidan yurtimiz bo‘ylab «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shu maqsadda Farg‘ona tumani, «Do‘stlik» MFY hududidagi «Sattor buva» qabristonida mahalla aholisi tomonidan hashar tashkil etildi.
Hashar davomida qabriston va yo‘lakalar begona o‘tlardan tozalandi, ariqlar chopildi, bo‘sh maydonlarga daraxt ko‘chatlari ekildi, mavjud daraxtlar va yo‘laklarning chetlari ohaklandi, daraxt shoxlari butalib, kurtak ochilishiga tayyorlandi.
Mahalla hududida 1200 tupdan oshiq ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish va hududni obod qilishga qaratilgan.