Obodonlashtirish va tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PQ-68-sonli qaroriga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayrami oldidan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmonga binoan, tomorqa er egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu doirada Farg‘ona tumani, “Hosilot“ MFY nuroniylari tomonidan tomorqadan samarali foydalanish, obodonlashtirish va yangi ekin turlarini joylashtirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot ishlari tashkil etildi.
Mazkur tashabbuslar aholining erga bo‘lgan e‘tiborini oshirish, dehqonchilik madaniyatini rivojlantirish va hududni yanada obod qilishga xizmat qiladi.