Farg‘ona tumani “Mash‘al“ MFYda sayyor qabul o‘tkazildi
Farg‘ona tumani “Mash‘al“ mahalla fuqarolar yig‘inida AT “Xalq banki“ boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Ro‘ziev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Akmaljon Xasanov, mutasaddi tashkilot vakillari, mahalla ettiligi hamda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar qatnashdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit olish, lizing va bank tizimi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mutasaddilar tomonidan ushbu masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim murojaatlar joyida hal etildi.