Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

462025-03-14 21:07

Buvayda tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5050-son qaroriga muvofiq, tuman-shahar hokimlariga har oyda profilaktika inspektorlari bilan shaxsan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida aniqlangan muammoli masalalarni hal etish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bugungi tadbirda Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov hamda tuman IIB boshlig‘i Sherzodjon Ahmedov ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida tumandagi profilaktika inspektorlariga jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan aniq ko‘rsatma va vazifalar berildi. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida ularga kompyuter jamlanmalari hamda televizor topshirildi. Bu esa ularning xizmat faoliyatini yanada samarali olib borishiga ko‘mak beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz