Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

3712025-03-15 18:00

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi “Yong Xin” MChJ XK tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha bilan tanishdi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi “Yong Xin” MChJ XK tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha bilan tanishdi. Bu yerda xitoylik investor 90 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga yirik hajmdagi kafel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilmoqda. Birinchi bosqich doirasida 50 mln dollar mablag‘ sarflanib, 500 ta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. To‘liq loyiha ishga tushishi natijasida esa 800 ta ish o‘rni yaratiladi. Ayni kunlarda korxonaga zamonaviy dastgohlar o‘rnatilib, montaj ishlari oxiriga yetkazilyapti. Loyihaga ko‘ra, korxona yiliga 14 mln kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar ichki bozor bilan birga xorijga eksport qilinadi. Viloyat hokimi yakuniga yetayotgan birinchi bosqich doirasidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Investor olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma‘lumot berdi. Maxsus pechlarga olov yoqildi. Mazkur korxona aprel oyida ishga tushiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz