Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

272025-04-19 23:45

Farg‘ona tuman delegasiyasi Xitoyda: Keramika ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov boshchiligidagi delegasiya Xitoy Xalq Respublikasining Guandon provinsiyasi Foshan shahriga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegasiya a‘zolari “Foshan Noble Ceramics CO., LTD.” keramika va kafel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvlar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borishdi va natijada bir qator hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu shartnomalar Farg‘ona tumanida zamonaviy kafel mahsulotlarini ishlab chiqarish liniyasini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Loyiha amalga oshirilishi natijasida tumanga xorijiy investisiyalar oqimi kengayadi, iqtisodiy salohiyat yanada mustahkamlanadi va eng asosiysi – yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu esa hududda aholi bandligini ta‘minlash, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur tashrif Farg‘ona tumanining sanoat infratuzilmasini yanada takomillashtirish, innovasion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz