Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

272025-04-20 00:01

Farg‘ona tumani delegasiyasi Xitoyda: Investision hamkorlik yo‘lida yangi qadamlar

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov boshchiligidagi tuman rasmiy delegasiyasi investisiya jozibadorligini oshirish, xorijiy loyihalarni ko‘paytirish va tumanda daromadli ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Guandon provinsiyasiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida A.Axrorov rahbarligidagi delegasiya a‘zolari Guandon provinsiyasining Foshan shahrida joylashgan, mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalardan biri — “Tanzou Foshan Jian Chang Furniture Technology Co., Ltd” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va mahsulot sifati bo‘yicha tajriba almashib, korxona tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or amaliyotlar haqida ma‘lumot oldilar. Uchrashuv davomida Farg‘ona tumanida yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish, ayniqsa mebel ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kompaniya rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi. Suhbat chog‘ida o‘zaro manfaatli shartlar muhokama qilinib, istiqbolli takliflar bildirildi. Delegasiyaning Xitoydagi tashrifi davom etmoqda va ushbu tashrif doirasida boshqa sohalar bo‘yicha ham xorijiy investorlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsad qilingan. Mazkur tashrif natijalari yaqin kelajakda Farg‘ona tumanida sanoat ko‘lamining kengayishiga, investision muhitning yaxshilanishiga va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz