Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

282025-04-19 23:48

Farg‘ona tumani delegasiyasining Xitoyga tashrifi davom etmoqda

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov boshchiligidagi tuman rasmiy delegasiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida Farg‘ona tumanining turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ilg‘or tadbirkorlari ham ishtirok etib, Xitoyning qator yirik kompaniyalari bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa iqtisodiy yo‘nalishlarda muhim kelishuvlarga erishmoqdalar. Xususan, Farg‘ona tumani hokimligi hamda Guandon provinsiyasida faoliyat yuritayotgan “Guangdong Callone Electric Appliance CO., LTD.” kompaniyasi o‘rtasida zamonaviy isitish qozonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Mazkur kelishuv asosida Farg‘ona tumanida yangi ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish va mahalliy mahsulotlarni eksportbop darajaga olib chiqish rejalashtirilmoqda. Delegasiya a‘zolari tomonidan erishilayotgan bunday amaliy natijalar Farg‘ona tumanida xorijiy investisiyalarni kengaytirish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Tashrif davom etmoqda va delegasiya tomonidan boshqa sohalarda ham hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz