Qo‘shtepa tumanida “Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi sport musobaqalarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
“Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida o‘tkazilayotgan musobaqada sportning voleybol, mini futbol, shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘qituvchi-murabbiylar bellashmoqdalar.