Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1702025-06-03 10:51

“DXX kubogi-2025”: “Oftobru” jamoasi So'x tuman bosqichi g'olibi

Futbol ishqibozlari uchun o'ziga xos sport festivaliga aylanib borayotgan "Davlat xavfsizlik xizmat kubogi” bo'yicha o'tkazilayotgan mini futbol va futbol musobaqalari mahalla yoshlarini vatanparvar bo'lishlarida va ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishda muhim o'rin tutmoqda. So'x tumanida ham "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi “DXX kubogi” futbol bahslarining yakuniy final o'yini bo'lib o'tdi. "Sug'diyona" o'yingohida tumanning eng kuchli jamoalari “Navobod” hamda “Oftobru” jamoalari bahs olib bordilar. Shiddatli va murosasiz o'tgan o'yinda “Oftobru” jamoasi 3:1 hisobida “Navobod” jamoasi ustidan g'alabaga qozonib, musobaqaning viloyat bosqichiga yo'l oldi. “Oftobru” jamoasiga viloyat bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz! So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz