Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

742025-06-04 21:33

Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari adabiy tadbirda ishtirok etdilar

Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli o‘quvchilari Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazining xorijiy adabiyotlar o‘quv zalida buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeevich Pushkin tavalludining 226 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan adabiy tadbirda ishtirok etdilar. Tadbir davomida yosh kitobxonlar Pushkinning mashhur she‘rlaridan parchalar va satrlarni ifodali o‘qib, adabiy kechaga o‘ziga xos badiiy ruh bag‘ishladilar. Ishtirokchilarning sahna madaniyati va she‘rni badiiy talqin qilish mahorati tadbir mehmonlari tomonidan yuksak baholandi. Shuningdek, Pushkin hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etilib, adibning jahon adabiyotidagi o‘rni, uning o‘lmas merosi haqida ma‘lumotlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz