Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1032025-06-03 19:25

Mahallalarimizda bo'layotgan xayrli ishlar

Ayni kunda tumanimiz hududidagi mahallalarda tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilib, bunday xayrli ishlarda xalqimizning faol ishtiroki ham ta'minlanayapti. Bu xayrli ishlarga bel bog'lagan saxovatpesha fuqarolarimiz hissasini ham alohida ta'kidlash lozim. Mulgon mahalla fuqarolar yig'ini, Tagob guzari hududidagi qabristonni obod etish yo'lida bugun barcha mahalla ahli bel bog'lashgan. Bu xayrli ishlarning boshida turgan mahallaning saxovatpesha fuqarolari Subhiddin Tojiddinov, Bahobjon Xalifayev, Zayliddin-hoji Jo'rayev va Odiljon Mahmatovlar har bir ishda mahalla ahliga ko'makchi va yelkadosh. Tagob mahallasi fuqarolarining so'zlariga ko'ra, bu xayrli ishda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilari ham yaqindan yordam ko'rsatdi – qabriston atrofini devor bilan o'rash uchun obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2 000 dona shlakoblok yetkazib berildi. Qolaversa, bu xayrli ishlarda xorijiy davlatlarda tadbirkorlik qilayotgan mahalla yoshlari ham moddiy jihatdan muntazam yordam berishayotir. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz