Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

492025-06-04 21:31

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tashabbusi bilan «Aqlvoy» mobil guruhi ish boshladi

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasarrufidagi 53-sonli davlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti negizida yangi tashabbus – «Aqlvoy» mobil guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu loyiha «Qo‘rg‘ontepa» va «Farg‘ona» mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida maktabgacha ta‘limning muqobil shakli sifatida yo‘lga qo‘yildi. Tantanali ochilish marosimida Farg‘ona tumani MMTB vakili Umidjon Rayimov, mahalla ettiligi hamda mahalla aholisi ishtirok etdi. Tadbirda «Aqlvoy» maxsus avtobusi 53-sonli davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotiga topshirildi. Mazkur mobil guruh 3-7 yoshli bolalarga maktabgacha ta‘lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bolajonlarga zamonaviy va qulay sharoitda bilim berishga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar kuniga ikki navbatda, har bir navbat 3 soatgacha davom etadi. Eng quvonarlisi, barcha ta‘lim xizmatlari mutlaqo bepul tashkil etilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz