Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2452025-06-05 16:40

Odam savdosi – davr muammosi

Amaldagi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan normaga ko‘ra “Odam savdosi - vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Jinoyat kodeksining 135-moddasiga ko‘ra odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatga qarshi kurashishga hamda mazkur jinoyatdan jabrlanganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat uchun jazo choralarini kuchaytirish va mazkur jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib sanksiyalarni belgilash zarurati yuzaga keldi. Shu sababdan O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 19 maydagi O‘RQ-1065-sonli qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Kiritilgan o‘zratirishlarga ko‘ra Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari yangi tahrirda bayon etilib, odam savdosi jinoyati ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan, homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan, aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda, qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda, inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida, fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb etish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanashi, o‘sha harakatlar o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali sodir etilgan bo‘lsa, o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, takroran yoki xavfli residivist tomonidan yoxud odam o‘g‘irlash jinoyatni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan, o‘ta xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi. Qonunchilikka kiritilgan mazkur o‘zgartirishlar odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat sodir etilishi hollarining oldini olishga, odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ibroximjon Tursunov, O‘zbekiston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz