Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2222025-06-05 19:35

“Dehqonobod” va “Davlatbotir” mahallalari yoshlari "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarining respublika bosqichida ishtirok etadi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqalarning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 yoshdan yuqori o‘g‘il-qizlar o‘zaro bellashdi. Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra 22–26 yosh toifasida O‘zbekiston tumani “Dehqonobod” mahallasi yigitlaridan iborat jamoa 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichining “A” ligasida, 27–30 yosh toifasida “Davlatbotir” mahallasi qizlar jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichining “S” ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz