Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1402025-07-08 16:26

Farg‘ona tumanida giyohvandlikka qarshi kurash masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori o‘rinbosari Shavkatjon Qayumov ishtirokida Farg‘ona tumanida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali aholi salomatligi va mamlakat genofondiga salbiy ta‘sirni bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi. Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbari Yusufjon Kamolov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xasanov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, chegaraoldi hududlardagi 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari, ko‘chaboshilar, nuroniylar, probasiya nazoratidagi fuqarolar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘z olganlar yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning samaradorligini ta‘minlashda fuqarolik mas‘uliyati, ogohlik va yosh avlodni salbiy illatlardan, xususan, giyohvandlik, psixotrop moddalar hamda ruhiy qaramlikdan asrash muhimligini ta‘kidladilar. Shuningdek, Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlardagi nazorat o‘rnatilmagan aylanma yo‘llar orqali noqonuniy yuklar o‘tkazilishi xavfi, bu borada jinoyatchilikni oldini olish choralari, giyohvandlik vositalariga qarshi kurash usullari va ularning natijalari muhokama qilindi. Bu jarayonda mahalla va jamoatchilikning faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etishi ta‘kidlandi. Davra suhbati yakunida aholi vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Bildirilgan takliflar joyida muhokama qilinib, mas‘ul rahbarlarga amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz