Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

502025-07-09 18:59

Farg‘ona tumanida Xitoylik investorlar bilan yirik energiya loyihasi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov Xitoyning “China Everbright International Limited” kompaniyasi vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida qattiq maishiy chiqindilarni energiyaga aylantirish bo‘yicha yirik investision loyiha yuzasidan fikr almashildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PQ-117-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan “Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish” investisiya loyihasi doirasida tashkil etildi. Muhokama qilingan loyiha doirasida Farg‘ona tumani “Oqbilol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qiymati 141,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jalb qilinadi. Loyiha orqali har kuni 1,5 ming tonna maishiy chiqindilarni termik usulda qayta ishlash va natijada yiliga 227,5 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Uchrashuvda loyiha texnologiyalari, amalga oshirish bosqichlari, hududdagi infratuzilma imkoniyatlari va ekologik xavfsizlik masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz