Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

572025-03-17 15:33

Serbiyada o‘tgan jahon chempionatida qizlarimiz tarixiy natija ko‘rsatdi

Serbiyaning Nish shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z tarixida ilk bor 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. 66 kg vazn toifasining final jangida farg‘onalik Navbahor Hamidova Olimpiada va jahon chempioni, turkiyalik Busenaz Surmenliga imkoniyatni boy berib, kumush medalь bilan taqdirlandi. Shunday bo‘lsa ham, u kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiliklarining finalida ringga ko‘tarilgan birinchi o‘zbekistonlik bokschi qizga aylandi. ☑️ Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimizni eslab o‘tamiz: 🥈Kumush medalь: -66 kg: Navbahor Hamidova 🥉Bronza medalь: -48 kg: Farzona Fozilova -50 kg: Sabina Boboqulova -52 kg: Feruza Kazakova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz