Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1242025-04-11 12:57

Rishton tumanida  “Loyihalar yarmarkasi” oʼtkazildi

Rishtonda tuman hokimligi, “Аgrobank” aktsiyadorlik tijorat banki  tashabbusi bilan “Loyihalar yarmarkasi” oʼtkazildi. Yarmarkada tijorat banklari masʼullari, hokim yordamchilari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar ishtirok etdi. 2024 yilning 16 dekabrida Prezidentimiz rahbarligida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambagʼallikni qisqartirish, bu borada tijorat banklarining rolini oshirish boʼyicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan yarmarkada aholini tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Yarmarka davomida “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʼijduvon” tajribalari asosida ishlab chiqilgan ellikdan ortiq biznes-rejalar taqdim etildi. Shuningdek, yarmarkada tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, mavjud imtiyozlar va qoʼllanilayotgan yangiliklar boʼyicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz