Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1042025-04-18 09:33

Qo‘shtepalik shashkachilar Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi

Farg‘ona shahrida joylashgan “Barkamol avlod bolalar markazi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka sport turidan mahallalarda istiqomat qiluvchi 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifalaridagi yigitlar hamda qizlar o‘rtasida viloyat bosqichi bellashuvlari qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. 19 ta tuman va shaharlardan kelgan shashkachilar ichida qo‘shtepalik yoshlarimizning 2 nafari g‘olibliklikni qo‘lga kiritishib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Ular 22-26 yosh toifasida “O‘qchi” MFYdan Muhammadiy Jaloliddinov, 27-30 yosh toifasida “Do‘rmon” MFYdan Adhamjon Xoshimov. Iqtidorli yoshlarni tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarga omad tilaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz