Joylarda aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlarini tinglash hamda hal etish maqsadida tashkil etilayotgan fuqarolar qabullari izchillik bilan davom etmoqda.
Shu maqsadda, Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Qabul jarayonida tuman hokimining mas’ul o‘rinbosarlari, tuman tashkilot va idoralari rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Qabul davomida turli yo‘nalishlardagi — jumladan, yer ajratish, uy-joy, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi kabi masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Toshloq tumani hokimligi tomonidan bunday fuqarolar qabullari muntazam tashkil etilib, aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lish, ularning ishonchini oqlash hamda joylarda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.