Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1262025-07-07 13:28

TOSHLOQ TUMANI HOKIMI ISHTIROKIDA HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Toshloq tumanida yoshlar hayoti, orzu-intilishlari va muammolarini o‘rganish, shuningdek, ularga yaqindan ko‘mak berish maqsadida tuman hokimi ishtirokida «Hokim va yoshlar uchrashuvi» tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot qildi, ularning taklif va fikrlarini eshitdi. Yoshlar tomonidan ta’lim, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniyat sohalaridagi imkoniyatlar haqida savollar berildi hamda ularga javoblar qaytarildi. Tadbir davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarning faolligini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroki bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tuman hokimi yoshlarni o‘z ustlarida ko‘proq ishlashga, tashabbuskor va faol bo‘lishga chaqirar ekan, ularning g‘oya va rejalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi. Bunday uchrashuvlar yoshlar va rahbarlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, yoshlarning davlat boshqaruviga nisbatan ishonchini oshirish hamda ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz