Dang‘ara tumani Bog‘ish MFYda joylashgan 3-son politexnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbirda tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i, bitiruvchilar va ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, pedagog xodimlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida bitiruvchilar va ularning ota-onalari institut tomonidan ko‘rsatilgan bilim va ko‘nikmalar uchun minnatdorlik bildirdi.
Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, kelajakdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilandi.
O‘quv yili davomida ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarda katta natijalarga erishgan, shu bilan birga, turli respublika va xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari, institut miqyosida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari va ularning ota-onalariga faxriy yorliqlar topshirildi.
Bugungi diplom topshirish marosimi bitiruvchilar hayotida yangi bosqichning boshlanishi, shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislar yetishib chiqayotganining amaliy ifodasi bo‘ldi.